Zavoddan to‘g‘ridan-to‘g‘ri. Sexlar va distribyutorlar uchun.

Qolipni zavoddan, vositachisiz olasiz. Hisob-kitob, namuna, qadoqlash va eksport hujjatlari bizning zimmamizda. Siz faqat model va hajmni tanlaysiz.

KIM BILAN ISHLAYMIZ

Uch xil hamkor, uch xil shart

01

Plitka sexlari

Yangi sex ochyapsizmi yoki assortimentni kengaytiryapsizmi? Kunlik hajmingiz bo‘yicha qolip to‘plamini hisoblaymiz.

Minimal buyurtmaMenejer bilan kelishiladi
Namuna1 dona, sinov quyish uchun
02

Distribyutorlar

O‘z davlatingizda SPS qoliplarini soting. Ulgurji narx, katalog va reklama materiallari beriladi.

Ulgurji chegirmaHajmga qarab
HududKelishuv bo‘yicha
Terilgan plitka: Buxoro03

Qurilish kompaniyalari

Fasad, pilyastr, karniz va yo‘lak plitkasi qoliplarini loyiha uchun bitta yetkazib beruvchidan olasiz.

To‘lovKelishuv bo‘yicha
MuddatHajmga qarab, zayafkada aytiladi

ZAYAFKA Zayafkadan yetkazishgacha

Besh qadam

Har bir qadamda sizga bitta menejer javob beradi: Telegram, WhatsApp yoki telefon orqali.

01

Zayafka

Modellar, davlat va kunlik hajm.

02

Hisob-kitob

Qolip soni, vazni va narxi bilan tijorat taklifi.

03

Namuna

Sinov quyish uchun bitta qolip.

04

Ishlab chiqarish

Toshkentdagi zavodda, oyiga 18 000 m² quvvat.

05

Yetkazish

Qadoqlash, hujjatlar va yuk tashuvchi bilan kelishuv.

Eksport xaritasi

Eksport 8 davlat

Hujjat va logistika — bizda.

Yetkazish davlatlariRossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston, Belarus
HujjatlarInvoys, qadoqlash ro‘yxati
Yetkazish shartiKelishuv bo‘yicha (Toshkentdan olib ketish yoki manzilgacha)
To‘lovKelishuv bo‘yicha

ZAYAFKA Ulgurji hisob-kitob

Zayafka qoldiring — tijorat taklifini tayyorlaymiz.

Ma’lumot qancha aniq bo‘lsa, taklif shuncha tez tayyor bo‘ladi. Modellarni katalogda "Zayafka ro‘yxati"ga qo‘shsangiz, ular shu yerda ko‘rinadi.

Mijoz turi
Javob: 1 ish kuni ichida.

Yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri: +998 98 300 77 72 · Telegram @spsplastuz

SAVOL-JAVOB

Ko‘p beriladigan savollar

Polipropilen va ABS qolipning farqi nima?

Ikkala material ham ko‘p martalik quyish uchun mo‘ljallangan. Fasad qoliplari ikki variantda chiqariladi: ABS (oq) va polipropilen (qora). Qaysi biri mos kelishini quyish texnologiyangizga qarab menejer aytadi.

Nechta qolip kerakligini qanday bilaman?

Har bir model sahifasida kalkulyator bor: kunlik m² ni kiritasiz, qolip soni va umumiy vazni chiqadi.

Namuna olish mumkinmi?

Ha. Katta buyurtmadan oldin sinov quyish uchun bitta qolip yuboramiz.

Boshqa davlatga yetkazasizmi?

Ha, 8 davlatga muntazam yetkazib beramiz. Yuk invoys va qadoqlash ro‘yxati bilan jo‘natiladi.

Narx qanday hisoblanadi?

Narx model, material, hajm va yetkazish shartiga qarab hisoblanadi. Zayafka qoldirsangiz, aniq tijorat taklifini yuboramiz.