Maxfiylik siyosati
Qisqasi: biz faqat zayafkangizga javob berish uchun kerakli ma’lumotni olamiz, uni sotmaymiz va uchinchi shaxslarga reklama uchun bermaymiz.
1. Qanday ma’lumot olamiz
Zayafka yoki aloqa formasini to‘ldirganingizda:
- ism, telefon raqami (WhatsApp), shahar yoki davlat;
- kompaniya nomi va mijoz turi (sex, diler, quruvchi, xususiy) — agar ko‘rsatsangiz;
- tanlangan modellar, kunlik hajm (m²) va izoh;
- qaysi sahifadan yuborilgani va reklama manbasi (UTM belgilari).
Solishtirish va zayafka ro‘yxati faqat sizning brauzeringizda saqlanadi va bizga yuborilmaydi — zayafkani o‘zingiz jo‘natmaguningizcha.
2. Nima uchun ishlatamiz
- zayafkangiz bo‘yicha qolip soni va narxini hisoblab, siz bilan bog‘lanish;
- buyurtma, yetkazish va hujjatlarni rasmiylashtirish;
- sayt va reklamaning samaradorligini o‘lchash (umumlashtirilgan holda).
3. Qayerda saqlanadi
Zayafka himoyalangan serverdagi ma’lumotlar bazasida saqlanadi va savdo bo‘limining yopiq Telegram chatiga yuboriladi. Unga faqat SPS menejerlari kiradi. Ma’lumotlar hamkorlik davomida va qonunda belgilangan muddatlarda saqlanadi; so‘rovingiz bo‘yicha o‘chiriladi.
4. Cookie va analitika
Sayt tashriflarni hisoblash uchun o‘z statistikasidan (cookie’siz, IP manzil saqlanmaydi) va yoqilgan bo‘lsa Google Analytics, Yandex Metrica (jumladan Vebvizor — sahifadagi harakatlar; forma maydonlariga yozilgan matn yozib olinmaydi) hamda Meta Pixel’dan foydalanadi. Ular shaxsingizni aniqlamaydi. Zayafka formasini suiiste’moldan himoya qilish uchun IP manzilning qaytarib bo‘lmaydigan xeshi (IP’ning o‘zi emas) ko‘pi bilan 1 sutka saqlanadi va o‘chiriladi. Brauzer sozlamalarida cookie’larni o‘chirib qo‘yishingiz mumkin.
5. Sizning huquqlaringiz
Siz biz saqlayotgan ma’lumot haqida so‘rash, uni tuzatish yoki o‘chirishni talab qilishingiz mumkin. Buning uchun quyidagi kontaktlarga yozing — 3 ish kuni ichida javob beramiz.
6. Bog‘lanish
Telefon: +998 98 300 77 72 · Telegram: @spsplastuz
Manzil: Toshkent, Uchtepa tumani, Xalqa yo'li ko'chasi, 7A